Pokiston: fashistik Hukumat nazoratidagi yadro qurollari tekshirilishi kerak

Olam

image

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon dunyo hamjamiyatini Hindiston yadroviy arsenalining xavfsizligi masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi. Pokiston hukumati rahbarining chaqirig‘i Hindiston Mudofaa vaziri Rajanth Singxning vaziyatga qarab rasmiy Nyu-Dehli yadroviy quroldan foydalanishi mumkinligi haqidagi bayonidan keyin paydo bo‘ldi.

“Dunyo Hindistonning fashistik va irqchi Modi Hukumati tomonidan boshqariladigan yadroviy arsenalining ishonchliligi va xavfsizligiga jiddiy baho berishi kerak. Bu nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro miqyosdagi muammo”, deb yozdi siyosatchi Twitter`dagi sahifasida.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston hukumati, jumladan hukmron Bharatiya Janata partiyasi “hind millatchi mafkurasi”ga amal qilmoqda. Shuningdek, ular nafaqat Kashmir aholisi, balki Pokiston hamda Hindistonda yashaydigan etnik ozchiliklar va Neru-Gandi g‘oyalari asosida yaratilgan yagona davlatga “tahdid solayotgani”ni ta’kidladi.

Hindiston Konstitutsiyaning 370-moddasiga o‘zgartirish kiritish orqali Jammmu va Kashmir shtatining maxsus avtonom maqomini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ortidan mintaqadagi taranglik kuchaydi. 5 avgust kuni Hindiston parlamenti Islomobodda qattiq norozilikni keltirib chiqargan tashabbusni ma’qulladi. 

Pokiston Hindistonni BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalarini buzishda aybladi va javob choralariga tayyorligini bildirdi.

Jammu va Kashmirdagi musulmon guruhlar Hindistondan mustaqillikni talab qilmoqda.

Kashmirda shu kungacha bo‘lgan to‘qnashuvlar paytida 70 mingdan ortiq odam hayotdan ko‘z yumdi.

Bundan avvalroq, Hindiston hukumati Jammu va Kashmir viloyatlarining avtonom huquqini bekor qilganligi haqida farmon imzolagan va bu Pokiston bilan Hindiston chegarasida to‘qnashuv keltirib chiqarganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston-Pokiston Kashmir

Baholaganlar

44

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing