Pokiston-Hindiston chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Olam

image

Pokiston harbiylari Kashmirda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Hindiston bilan tuzilgan kelishuvni buzib, Naugan tumanidagi hind harbiylariga qarata o‘q uzdi. Bu haqda PTI xabar berdi.

“Seshanba kuni ertalab hind armiyasining old qatori Kashmirning Pokiston nazoratidagi qismidan turib o‘qqa tutildi. Hujum minomyotdan amalga oshirildi”, dedi Hindiston Qurolli kuchlarining Shimoliy qo‘mondonligi vakili.

Hindiston tomon ham hujumga javob qaytargan. Har ikki tomondan ham qurbonlar bo‘lgani haqida ma’lumot mavjud emas.

Qayd etish kerakki, so‘nggi vaqtlarda Hindistonning qo‘shnilari bilan munosabatlari ko‘ngildagidek emas. Xususan, Xitoy bilan chegarada ham to‘qnashuvlar bo‘lib turibdi. Eng achinarlisi, Xitoy, Pokiston va Hindiston yadroviy qurolga ega davlatlar hisoblanadi. Bu esa mintaqadagi xavfsizlikka jiddiy tahdid bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston-Pokiston

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing