Pokerga erishgan Keyn 113 yillik rekordni yangiladi

Sport

image

Angliya terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichining 10-turida San-Marino ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Ushbu bahsda “uch sherlar” sardori Xarri Keyn rekord qayd etdi. 

Gap shundaki, “Tottenxem” yetakchisi bahs davomida to‘rtta gol urib, 2021 yilda terma jamoa safida kiritgan gollari sonini 16 taga yetkazib oldi. “Daily Mail” nashri xabariga ko‘ra, Keyn Angliya terma jamoasi safida bir kalendar yilida eng ko‘p gol urish bo‘yicha tarixiy natijaga erishdi. Bunga qadar ushbu rekord 1908 yilda raqiblar darvozasiga 12 marta to‘p kiritgan Jorj Xilsdon va Din Dixiga (1927 y) tegishli edi.

Eslatib o‘tamiz, Keyn avvalgi turda Albaniya darvozasiga (5:0) uchta to‘p kiritgan va milliy terma jamoa safida rasmiy o‘yinlarda urilgan 39 gol evaziga Ueyn Runining rekordini yangilagan edi. Runi “uch sherlar” libosi ostidagi rasmiy maqomga ega bellashuvlarda 37 marta darvozabonlarni ojiz qoldirgan, biroq umumiy hisobda esa 53 gol evaziga eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Xarri Keynda ushbu ko‘rsatkich 47 tani tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Garet Sautgeyt shogirdlari Mundialning final bosqichiga guruhda birinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. “Tumanli Albion” vakillari o‘nta o‘yinda 26 ochko jamg‘arishgan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Xarri Keyn FIFA UEFA Angliya TJ

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing