Pogba terma jamoadan ketishi haqidagi xabarlar “feyk” bo‘lib chiqdi

Sport

image

Avvalroq, Futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasining markaziy yarim himoyachisi Pol Pogba mamlakat Prezidenti Emmanuel Makronning Islom dini to‘g‘risida bildirgan fikri tufayli terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabar berilgan edi.

Futbolchi Twitter’dagi sahifasida bu xabar yolg‘on ekanligi haqida post qoldirdi.

Bu xabarlarning bari Fransiyada yuz bergan va mamlakat Prezidenti tomonidan “terakt”, deya baholangan noxush voqealar fonida yuz berdi. Bir necha kun oldin Fransiyada noxush hodisa yuz berdi – Chechenistonda tug‘ilgan 18 yoshli Abdulak Anzorov Muhammad (s.a.v.)ning "Charlie Hebdo" jurnalida chop etilgan karikaturasini namoyish qilgan o‘qituvchi Samyuel Patiga pichoq bilan hujum qilib, uni o‘ldirgan edi. Keyinroq qotilning o‘zi ham politsiya tomonidan otib o‘ldirildi. 

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ushbu voqeani izohlar ekan, buni "Islomiy terroristik harakat", deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol' Pogba

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing