Pogba sabab uning akasi qamoqqa olindi

Sport

image

Fransiya politsiyasi Italiyaning “Yuventus” klubi futbolchisi Pol Pogbaning akasi Matia Pogbani tovlamachilikda ayblab qo‘lga oldi. Matia o‘z ukasidan zo‘ravonlik yo‘li bilan pul undirishga harakat qilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “RMC Sport” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 14 sentyabr kuni Matia Pogba va yana uch nafar noma’lum shaxs Parij chekkasidagi Nantera politsiyasi tomonidan hibsga olingan.

Ta’kidlash kerakki, “Yuventus” futbolchisi uyushgan jinoiy guruh tomonidan tovlamachilik va tahdidlar qurboni bo‘lganini ma’lum qilgandi. Pogba ushbu jinoiy guruh ichiga o‘z akasi Matia Pogba ham kirishi mumkinligini aniq aytgan. Matia “shantaj” yo‘li bilan Poldan 13 million yevro miqdorida pul undirmoqchi bo‘lgan.

Yarim himoyachi shu yilning 16 iyul kuni Turin prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Avgust oyidagi dastlabki tergovlardan so‘ng, Parij prokuraturasi Pogbaning akasi va hozircha shaxslari ochiqlanmagan jinoiy guruhning  boshqa a’zolariga nisbatan qurolli to‘da tomonidan shantaj qilish, odam o‘g‘irlash va jinoiy fitnada ishtirok etish kabi ayblovlarni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

Avvalroq, Pol Pogba o‘z akasini tovlamachilikda ayblayotgani to‘g‘risida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Pol Pogba

Baholaganlar

41

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing