Pogba “Manchester Yunayted”dan ketadimi?

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi yarimhimoyachisi Pol Pogbaning klubda qolishi shubha ostida edi. Biroq u hozir “Yunayted”da o‘zini yaxshi his qilyapti. Bu haqda “Goal” nashri xabar bermoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, Pogba “qizil iblislar” safidagi hayotidan mamnun va klub bilan shartnomani o‘zaytirish niyatida.

Yarimhimoyachining “Yunayted”da qolishi ko‘p vaqtlardan beri qizg‘in muhokama qilinmoqda. Unga sobiq jamoasi “Yuventus” va Qirollik klubi “Real Madrid” asosiy da’vogar.

Ma’lumot o‘rnida, fransiyalik futbolchi “qizil iblislar” tarkibida 2016 yildan beri harakat qilmoqda. U bundan avval, 2011-2012 yillarda ham “Yunayted”da o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Pogba

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing