Pogba faoliyatini Amerikada davom ettirishi mumkin

Sport

image

Amerikaning “Los-Anjeles” klubi “Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogbaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

31 yoshli fransiyalik futbolchi “Yuventus” bilan shartnomani bekor qilish borasida kelishib olishi va erkin agentga aylanishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

O‘tgan yilning avgust oyida Pogba doping-testdan ijobiy o‘tgan edi. 29 fevral kuni antidoping mahkamasi yarim himoyachini 4 yilga diskvalifikatsiya qilish qarorini tasdiqladi. Sud Pogbaning diskvalifikatsiyasi haqida e’lon qilganidan so‘ng, sportchi apellyatsiya shikoyati berdi. Apellyatsiya ko‘rib chiqilgach, Sport arbitraj sudi (CAS) diskvalifikatsiya muddatini 18 oygacha qisqartirishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, Pogba Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan. Futbolchi Yevropa chempionatining kumush medali sohibiga ham aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Pol' Pogba Los-Anjeles

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing