Pogba ham media klubga o‘tishi mumkin

Sport

image

Fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba faoliyatini davom ettirish bo‘yicha takliflar orasida Rossiya variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “FootMercato” xabar berdi.

“Men o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman. O‘z ustimda ishlash uchun vaqtim bor. Mening jismoniy holatim ruhiy holatim bilan bog‘liq edi. Bo‘lib o‘tgan hamma narsani hisobga olsak, o‘zimni tiklab olishim biroz qiyin. Ha, takliflar bor, lekin siz meni bilasiz. Faoliyatimni davom ettirishim uchun qiziqarli variantlar mavjud. Misol uchun, Rossiyaga borish va hokazo...  Lekin Rossiyada o‘ynash mening maqsadim emas”, deydi Pogba.

2024 yilning mart oyida Rossiyaning “Bruk Boyz” media klubi Pogbani o‘z klubiga taklif qildi.

Qayd etish joiz, Pol taqiqlangan moddani qabul qilgani uchun to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilingan edi, ammo Sport arbitraj sudi (CAS) diskvalifikatsiya muddatini 18 oyga qisqartirdi. Yanvardan futbolchi maydonga qaytish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq taniqli boshqa bir fransiyalik futbolchi faoliyatini media jamoasida davom ettirishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Pol' Pogba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing