Toshkent metrosida poyezd bekatlar orasida to‘xtab qoldi
Jamiyat
−
15 mart 2019 9966 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining Beruniy-Tinchlik metro bekatlari orasida vagonlarning birida nosozlik yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.
“Toshkent metropoliteni” DUK ma’muriyati "O‘zbekiston" liniyasining Beruniy va Tinchlik bekatlari orasida yuz bergan holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, voqea bugun, 15 mart kuni soat taxminan 11:45 da yuz bergan. 39-marshrut bo‘yicha xarakatlanayotgan poyezd Beruniy bekatidan Tinchlik bekati tomon xarakatlanganda texnik nosozlik sababli ikki bekat oralig‘ida to‘xtab qolgan.
Ta’kidlanishicha, nosozlik 8 daqiqada bartaraf etilib, xarakat tarkibi o‘z yo‘nalishini davom ettirgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28