Platini Makronning taklifini rad etdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Fransiya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi Mishel Platini mamlakat prezidenti Emmanuel Makronning Jahon chempionati finalida ishtirok etish taklifini rad etdi. Bu haqda “Europe1” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Fransiya davlati rahbari 1984 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi, Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) sobiq prezidenti Platiniga Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati finalida ishtirok etish uchun taklifnoma yuborgan. Biroq, 67 yoshli funksioner Platini Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) a’zolari bilan uchrashishni istamayotgani sabab, rad javobini bergan.

Eslatib o‘tamiz, Qatar mundialining final o‘yini 18 dekabr kuni Lusail shahridagi “Milliy” stadionda bo‘lib o‘tadi. Ushbu hal qiluvchi bahsda esa Fransiya va Argentina terma jamoalari to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Makron Platini

Baholaganlar

535

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing