Makron final uchun Qatarga boradi

Sport

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakat terma jamoasining Argentinaga qarshi JCH final o‘yiniga tashrif buyurishini tasdiqladi. Bu haqda u Fransiya terma jamoasining JCH yarim final uchrashuvida Marokash jamoasi ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng aytib o‘tdi.

15 dekabr kun "Al Bayt" stadionida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati yarim finalida Fransiya Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Teo Ernandes (5) va Randal Kolo-Muani (79) mualliflik qildi.

"Ikki bor joyda uch ham bo‘ladi. Dide Desham o‘z shogirdlari va iqtidori bilan shu yergacha yetib keldi, endi biz g‘alaba qozonamiz, kubokni yutamiz", deydi Makron.

Shuningdek, Makron chiroyli o‘yin uchun marokashliklarga ham minnatdorlik bildirdi.

“Marokash ajoyib jamoa, ular bu chempionatda og‘ir yo‘lni bosib o‘tdi va yarim finalga qadar yetib keldi. Bugundan boshlab biz final haqida o‘ylaymiz va  g‘alaba qozonamiz. Men yakshanba kuni Qatarda bo‘laman”, deya ta’kidladi Prezident.

Fransiya ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionati finaliga chiqdi, 2018 yili Moskvadagi "Lujniki" stadionida bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi bahsda jamoa xorvatlar ustidan g‘alaba qozongandi (4:2).

18 dekabr kuni Fransiya termasi yarim finalda xorvatlar ustidan g‘alaba qozongan (3:0) Argentina termasi bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. 17 dekabr kuni Marokash terma jamoasi 3-o‘rin uchun o‘yinda Xorvatiya termasi bilan to‘qnash keladi, bu o‘yin ham 20:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Fransiya Makron

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing