Piskentda rulda uxlab qolgan haydovchi Isuzu bilan to‘qnashdi. 2 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan o‘tgan Toshkent-Bekobod yo‘lida haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida o‘zi va yana bir yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 17 mart kuni soat 06:30 larda Piskent tumani hududidan o‘tgan Toshkent-Bekobod avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi (dastlabki ma’lumotga ko‘ra, haydovchisi uxlab qolishi oqibatida) qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Oqibatda Isuzu avtomobili bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisada yuk transport vositasi haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Bildirilishicha, zudlik bilan voqea joyiga Toshkent viloyati SSB malakali tibbiy xodimlari, viloyat IIBB, FVB va boshqa tashkilot mas’ullari jalb etilib, YTHning barcha ishtirokchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yetkazilgan. Voqea yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida Matiz haydovchisi uxlab qolib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgandi. Oqibatda Matiz haydovchisi og‘ir tan jarohatlari bilan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Piskent Bobur To'laganov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing