Piskentda bir guruh shaxslar itlarni otib tashladi (video)
3-sahifa
−
16 noyabr
8741Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Piskent tumanida noma’lum shaxslar ov miltig‘ida itlarni otayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, voqea kecha, 15 noyabr kuni viloyatning Piskent tumanidagi dalahovlilar joylashgan hududda sodir bo‘lgan.
Mazkur holat Toshkent viloyati IIBB nazoratiga olingan va voqeada ishtirok etgan fuqarolarda bo‘lgan ov qurollari tegishli tartibda olib qo‘yilgan.
“Hozirda holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, sudga yuborish chorasi ko‘rilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Angren shahrida yovvoyi cho‘chqani noqonuniy tarzda otib o‘ldirganlar jarimaga tortilgan edi.
LiveBarchasi