Piskentda kelin-kuyov noma’lum moddadan zaharlanib, vafot etdi
3-sahifa
−
16 dekabr
19054Kecha, 15 dekabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumanida kelin-kuyov noma’lum moddadan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 29 yoshli R.D. va 27 yoshli A.S. Piskent tumanidagi xonadonda vafot etgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakati yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, dastlabki ma’lumotnomaga ko‘ra, shaxslarning vafoti noma’lum modda bilan zaharlanish, ichki a’zolarning venoz to‘laqonligi, miya va o‘pka shishishi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Piskent tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa kelin-kuyovning to‘yi 14 dekabr kuni bo‘lgani va ertasi kuni ular is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Buxoro viloyatida gaz portlashi oqibatida bir oilaning 2 a’zosi vafot etgan, yana 2 nafari kuyish jarohati olgandi.
LiveBarchasi