Pike qatnashgan kechada futbolchilar Shakiraning qo‘shig‘ini buyurtirishdi

Sport

image

Madriddagi tungi klublardan birida Jerar Pikega hazil qilib, uning mashhur xonanda Shakira bilan ajrashganini eslashdi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘tgan dam olish kuni Pike Madriddagi klublardan birida Ispaniya media ligasining ikkinchi mavsumi yakunlanishi munosabati tashkil etilgan kechada ishtirok etgan. “Barselona”ning sobiq futbolchisi nutq so‘zlash uchun mikrofonni olganida, yig‘ilganlarning ba’zilari o‘tgan yozda Pike bilan ajrashgan qo‘shiqchi Shakiraning ismini aytishni boshlagan.

Ziyofatda hozir bo‘lgan “Real Madrid”ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Pike uchun DJ'ga Shakiraning “Waka Waka” qo‘shig‘iga buyurtma bergan.

Ta’kidlash joiz, Pike va Shakira o‘tgan yilning yozida ajrashgandi. Yil boshida xonanda sobiq turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlangan yangi kompozitsiyani taqdim etdi. Qo‘shiqda asosan Pike va uning qiz do‘sti Klara Chia Marti masxara qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Shakira Pike

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing