Pikassoning merosxo‘ri 76 yoshida vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
26 avgust 2023
5359Ispaniyalik rassom Pablo Pikassoning kenja o‘g‘li Klod Ruiz Pikasso Shveysariyada 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Hozircha o‘lim sababi ochiqlanmagan. Klod Silvi Voter ismli ayolga uylangan edi va ularning ikki farzandi bor.
Klod mahoratli fotograf va rejissyor bo‘lib, 1989 yildan joriy yilning iyuligacha otasining mulkini boshqargan, keyin esa mas’uliyatni singlisi Palomaga topshirgan. Pikassoning to‘rt farzandi bo‘lib, Klod va Paloma uning fransuz rassomi Fransuaza Gilot bilan turmushidan tug‘ilgan bolalari edi.
2011 yilda esa u rassom sifatidagi faoliyati va otasining mulkiga sud tomonidan tayinlangan egalik huquqidan kelib chiqib, Fransiyaning eng oliy mukofoti – “Legion d'honneur” ordeni bilan taqdirlangan.
Ma’lumot uchun, Pikassoning avlodlari san’at olamidagi eng boy sulolalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mashhur rassom 1973 yilda 91 yoshida vafot etganida undan 45 000 dan ortiq asar, jumladan 1 885 ta rasm, 1 228 ta haykal, 7 089 ta chizma, 30 000 ta nashr, 150 ta eskiz daftarlari va 3 222 ta kulolchilik asarlari qoldi. U millionlab naqd pul ham qoldirgan. Mulk o‘sha vaqtda 650 mln funt sterlingga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, Pablo Pikasso bilan ishqiy munosabati tufayli mashhur bo‘lib, o‘z xotiralarini unga bag‘ishlagan Fransuaza Jilo joriy yil iyun oyida 102 yoshida vafot etdi.
LiveBarchasi