Braziliyalik tadbirkor Neymarga milliard dollar meros qoldirdi – OAV
Sport
−
04 Sentabr 15554 1 daqiqa
Braziliyada yashovchi va to‘g‘ridan to‘g‘ri vorislari bo‘lmagan tadbirkor o‘zining milliard dollarlik boyligini Neymar nomiga qoldirdi. Erkak o‘zini oshkor qilishni istamadi, biroq hujjatlarda hamma mulk mashhur futbolchiga o‘tishi belgilangan. Bu haqda “Terra” xabar qildi.
“Menga Neymar yoqadi. Men ko‘p jihatdan o‘zimni u bilan bog‘layman. U o‘zini o‘ylaydigan odam emas, hozirgi kunlarda bu juda kam uchraydi”, deya vasiyat sababini tushuntirgan tadbirkor.
Xabar qilinishicha, hozircha Neymar jamoasi meros masalasi bo‘yicha rasmiy bildirishnoma olmagan.
Bu voqea Braziliya jamoatchiligi va futbol muxlislarida katta qiziqish uyg‘otdi. Agar meros huquqiy jihatdan tasdiqlansa, Neymar futbol maydonidan tashqarida ham eng boy sportchilardan biriga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Braziliyaning “Santos” futbol klubi Braziliya futbol konfederatsiyasiga Neymar son mushaklarining shishib qolganini ma’lum qilgandi. Mazkur holat sabab Neymarning Braziliya terma jamoasiga qaytishi amalga oshmasligi gumon ostida qolmoqda.
Jahongir Boltaboyev
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr