Pezeshkiyon Netanyaxu bilan bir sammitda ishtirok etishni istamayapti
Olam
−
11 noyabr
4857Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon joriy yil 11-22 noyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan COP29 sammitida qatnashmasligi mumkin. Bu haqda “PressTv” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pezeshkiyon COP29 sammitida turli sabablar, xususan, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning sammitga borish ehtimoli sabab Baku safarini bekor qilishi mumkin.
Shuningdek, bunga so‘nggi yillarda Ozarbayjonning Eron uchun “muammoli” bo‘lib kelayotgani, bu asosan 2020 yilda Qorabog‘ urushida Ozarbayjon Armaniston ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng mintaqadagi geosiyosiy xaritalarni o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlar sabab bo‘layotgani aytilmoqda.
“Mantiqan Eron delegatsiyasining sammitda qatnashmasligi, ayniqsa Prezidentning unda ishtirok etmasligi oqilona bo‘lardi”, deyiladi xabarda.
Nashrga ko‘ra, Eron tomoni BMTning iqlim siyosatini ham tanqid qilmoqda va COP29’da qabul qilinishi rejalashtirilgan qarorlar Eron manfaatlariga zid ekanini bildirmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr