Pezeshkiyon qirg‘izistonlik bolalarga 100 yevrodan sovg‘a qildi (video)

Olam

image

Bugun, 31 avgust kuni Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon “Manas” xalqaro aeroportida o‘zini kutib olgan va qor barsi ko‘rinishidagi yumshoq o‘yinchoq taqdim etgan bolalarga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Eron rahbari har bir bolaga konvert topshirgan. Keyinchalik konvertlar ichida 100 yevrodan borligi ma’lum bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, qor barsi Qirg‘izistonning milliy ramzi va VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining rasmiy tumori hisoblanadi.

Mas’ud Pezeshkiyon Bishkekka SHHTning yubiley sammiti, “SHHT plyus” formatidagi uchrashuv va Ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun rafiqasi hamrohligida Bishkek shahriga borgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing