Pezeshkiyon ilk bor Tojikistonga keldi
Olam
−
15 yanvar
2937Bugun, 15 yanvar kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon davlat tashrifi bilan Tojikistonga keldi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Dushanbe xalqaro aeroportida uni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning shaxsan o‘zi kutiob oldi va yuksak hurmat belgisi sifatida oliy martabali mehmonni mamlakatga ilk tashrifi bilan samimiy qutladi.
Aeroport zalida bo‘lib o‘tgan qisqa suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlari Pezeshkiyonning Tojikistonga birinchi tashrifi va davlat tashrifi dasturi yuzasidan fikr almashib, bu o‘zaro munosabatlar tarixida yangi sahifalarni ochishiga ishonch bildirdi.
Shundan so‘ng, Pezeshkiyon Dushanbedagi Ismoil Somoniy haykalini ziyorat qildi.
Eron Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi 15-17 yanvar kunlari davom etadi, unda ikki davlat o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkaziladi, ko‘plab yangi hamkorlik hujjatlari imzolanadi va boshqa muhim tadbirlar rejalashtirilgan.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar