Peskov Shoygu yo‘qolib qolganiga mujmal munosabat bildirdi
Olam
−
24 mart 2022
22463Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning hozirda juda ko‘p tashvishlari bor, ommaviy axborot vositalarida ko‘rinishga vaqti yo‘q. Bu haqda Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘z ochdi.
“Eshiting, Mudofaa vazirining ayni damda tashvishlari juda ko‘p, tushunasiz deb o‘ylayman. Maxsus harbiy operatsiya davom etmoqda. OAVga ko‘rinish berishni vaqti emas. Buni nazarimda tushunsa bo‘ladi”, deydi Peskov.
“Agenstvo” nashrining Shoyguning sog‘ligi bilan muammolar haqidagi xabariga izoh berishi so‘ralganda Peskov quyidagicha javob berdi:
“Agentstvo” nashrini tinglashning hojati yo‘q. Siz ushbu savol bilan Mudofaa vazirligiga murojaat qiling”.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu to‘satdan jamoatchilikka ko‘rinish bermay qo‘ydi. U oxirgi marta joriy yilning 11 mart kuni omma oldiga chiqqan, jurnalistlar esa uni 13 kundan beri ko‘rmagan.
Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak esa Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning jamoatchilikka ko‘rinish bermay qo‘yganiga e’tibor qaratib, bir qancha muhim siyosiy arboblar axborot maydonidan g‘oyib bo‘lganini aytib o‘tgandi.
LiveBarchasi