Peskov Rossiyaga do‘st bo‘lmagan davlatlar qanday muammolarga duch kelishini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaga do‘stona munosabatda bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatlar Moskva bilan aloqalar darajasining pasayishiga duch keladi. Bu haqda bugun, 22 iyul kuni jurnalistlarga Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Tabiiyki, do‘stona bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatiga kirish aloqalar darajasining pasayishiga olib keladi”, deydi Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, do‘stona munosabatda bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatining kengaytirilishi bilan bog‘liq qarorni Hukumat qabul qiladi. Bu Hukumatga tegishli masala.

Kreml matbuot kotibi do‘st bo‘lmagan davlatlarning Rossiya hududidagi diplomatik vakolatxonalari uchun kadrlar yollash cheklovlaridan tashqari, boshqa oqibatlarga ham duch kelishi mumkinligini istisno etmadi.

“Bu konsullik va diplomatik muassasalarga kadrlar yollashdagi cheklovlar bilan bog‘liq. Bu holatning ro‘yxatga tushgan davlatlar uchun boshqa oqibatlari ham mavjud, albatta”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Vazirlar Mahkamasi Matbuot xizmati Gretsiya, Daniya, Slovakiya, Sloveniya va Xorvatiya Rossiyaga nisbatan do‘stona bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Peskov

Baholaganlar

450

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing