Peskov Putin NATO bobida 15 yil oldin to‘g‘ri bashorat qilganini eslatdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 15 yil avval Myunxen xavfsizlik konferensiyasida NATOni Rossiya chegaralariga yaqinlashishi masalasini ko‘targan va hozirgacha unga javob berilmagan. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Putin nima uchun NATO o‘zining harbiy infratuzilmasi bilan chegaramizga yaqinlashayotganini so‘ragan. Bu masala, ko‘rib turganingizdek, bugungi kunda tashqi siyosat kun tartibining birinchi o‘rnida turibdi. Va hozircha bu savolga hech kim javob bermadi ”, dedi u.

Peskovning ta’kidlashicha, Moskvaning uzoq yillik xavotirlariga NATOning e’tibor bermasligi “hozirda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining milliy va xavfsizlik manfaatlarining “qizil chizig‘iga” kelishiga olib keldi.

Avstriyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl 2007 yilda Myunxendagi chiqishida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin haq ekanini tan olgan edi.

“O‘sha paytda ular Gruziyada urush boshlanishidan oldin tez orada boshlanadigan yangi “Sovuq urush” haqida gapirishgan, shuning uchun nutq aslida oraliq bosqichda edi. Ba’zi narsalarni 15 yildan keyin yaxshiroq baholash mumkin va men Prezident Putin o‘z so‘zlari va ogohlantirishlarida haq bo‘lgan degan xulosaga keldim”, degan siyosatchi.

Avvalroq, Putin SSSR parchalanganda G‘arb davlatlari Rossiyani NATO sharqqa tomon kengatirilmasligini aytib, “chuv tushirish”gani haqida gapirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Vladimir Putin

Baholaganlar

979

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing