Peskov: “Putin har soatda koronavirus haqida ma’lumot oladi”

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin har soat yangi koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot oladi. Bu haqda bugun, 5 fevral kuni jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Prezident, albatta, har kuni va kerak bo‘lganda soatiga vaziyatning borishi haqida ma’lumot oladi", dedi Peskov.

Rospotrebnadzor tomonidan taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada yangi koronavirus infeksiyasining aniqlanishi bo‘yicha faqat ikkita holat qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 fevral ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus qurbonlari soni butun dunyoda 492 nafarga yetdi. Shulardan 490 nafari Xitoyda, 1 nafardan Gonkong va Filippinda vafot etgan.

Virusga chalinganlar soni esa 24552 nafarga yetdi. Shularning 24324 nafari Xitoyda, qolganlari dunyoning 26 mamlakatida aniqlangan. Bemorlarning 13 foizi yoki 3223 nafari og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Putin

Baholaganlar

215

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing