Peskov Polshaga qulagan raketalar bo‘yicha munosabat bildirdi
Olam
−
16 noyabr 2022
19973Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN telekanaliga Polshadagi voqea haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi.
“Afsuski, menda bu haqda hech qanday ma’lumot yo‘q”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi telekanal.
CNN Peskovning Polshadagi voqealar bilan bog‘liq boshqa bayonotlarini keltirmadi.
Poltshaning ZET radiosi norasmiy manbalarga tayanib, kecha, 15 noyabr kuni Polsha sharqida Ukraina bilan chegarada joylashgan Pshevodov qishlog‘idagi (Lyublin vodiysi) don quritgichlariga ikkita raketa urilgani haqida xabar berdi. Qutqaruv xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan. Polsha hukumati allaqachon ushbu hodisa bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan va Polsha Adliya vaziri Zbignev Zyobro voqeani “raketa portlashi” deb atadi va davlat prokuroriga ushbu ish bo‘yicha tergovni shaxsiy nazoratga olishni buyurdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina-Polsha chegarasi yaqinidagi nishonlarga Rossiya qurollari bilan hech qanday zarba berilmaganini bildirdi. Departamentda ta’kidlanganidek, voqea joyidan Polsha ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilingan vayronalar fotosuratlarining Rossiya qurollariga aloqasi yo‘q.
LiveBarchasi