Peskov Lukashenkoning aytganlarini Rossiyaning boshidan soqit qildi

Olam

image

Rossiya tomoni Qozog‘istondagi voqealar fonida O‘zbekistonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishga urinish mumkinligi haqidagi muloqotlarda ishtirok etmayapti, buning ehtimoliy xavfi avvalroq Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan bildirilgan edi. Bu haqda Rossiya yetakchisining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.  

“To‘g‘rirog‘i, bu Minsk va Toshkent o‘rtasidagi muloqot mavzusi va shu nuqtai nazardan biz suhbatlarda ishtirok etmaymiz”, degan Kreml Matbuot kotibi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 yanvar kuni KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Lukashenko Qozog‘istondagi voqealardan saboq olinmasa, bu birinchi navbatda, O‘zbekistonda sodir bo‘lishi mumkin, degan fikrni bildirgandi. Belarus Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, terrorchilarning nigohlari “O‘zbekistonga qaratilgan”. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Belarus'

Baholaganlar

552

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing