Perulik shamanlar ertangi o‘yin oldidan Neymarni duoibat qildi

Sport

doc_2023-09-12_17-49-18

Peruda shamanlar braziliyalik futbolchi Neymarga qarshi turli marosimlar o‘tkazdi. Bu haqda “El Diario” xabar berdi.

Gap shundaki, ertaga, 13 sentyabr kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining 2-turida Braziliya va Peru terma jamoalari o‘zaro to‘qnashadi. Mazkur uchrashuv oldidan 10 nafar perulik shaman ko‘rishib, mamlakat terma jamoasiga yordam berish uchun maxsus marosim o‘tkazgan.

 

Manbaga ko‘ra, marosimda shamanlar braziliyalik hujumchining turli rasmlarini afsunlagan va bu Neymarning ertangi o‘yindagi faolligini yo‘qqa chiqaradi. 

“Biz Neymarning oyog‘ini bog‘lab, zararsizlantirdik. Endi uning fizikasi butkul yo‘qoladi va maydonda yomon o‘yin ko‘rsatadi. Uning ongi xiralashib, nima xohlayotganini ham bilmay qoladi”, deydi shaman Feliks Rondan.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi JCH-2026 saralash turnirining 1-turi doirasidagi uchrashuvda Boliviya terma jamoasini qabul qilgan edi. Uchrashuvda mezbonlar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Neymar o‘yinning 61 va 90+3 daqiqasida gol urdi va bu bilan terma jamoadagi gollari sonini 79 taga yetkazib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Braziliya Peru shaman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing