Peruda taxminan 2900 yillik jasadlar topildi
Bu qiziq
−
17 Sentabr 2023
7108Peruning San-Kristobal-de-Uamanga milliy universitetining tadqiqotchilari tomonidan inson qoldiqlari bo‘lgan qabrlar topildi. Bu haqda ''Andina'' agentligi xabar berdi.
Arxeologlar Ayakucho mintaqasidagi Vilkas-Xuaman provinsiyasida joylashgan Pallavcha-Pampa tekisligida inson qoldiqlari bo‘lgan yettita qabrni topgan.
San-Kristobal-de-Uamanga milliy universiteti o‘qituvchisi va arxeologik guruh rahbari tadqiqotchi Edison Mendosa Martinesning aytishicha, topilgan qoldiqlar miloddan avvalgi 900-yillarda odamlarning shakllanish davriga to‘g‘ri keladi.
Arxeologga ko‘ra, uchta tepalik ham topilgan, ular katta tosh devorlar bilan o‘ralgan va ularning yuzasida ko‘p miqdorda parchalangan sopol idishlari topilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar 2017 yilda Angliyaning Fenstanton (Kembrijshir) qishlog‘ida topilgan 1900 yil avval yashagan qulning qoldiqlarinii o‘rganib chiqib, dahshatli kashfiyot qilishganligi haqda xabar bergan edik.
LiveBarchasi