Peruda futbolchini chaqmoq urdi (video)
Sport
−
04 noyabr
7005Kecha, 3 noyabr kuni Peru chempionatidagi “Yuventud Bellavista” va “Familiya Chokka” klublari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida chaqmoq to‘g‘ridan to‘g‘ri maydonga urilishi oqibatida bir futbolchi halok bo‘ldi, yana besh nafari jarohat oldi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Hodisa Xuankayo (Peru)da bo‘lib o‘tgan “Yuventud Bellavista” va “Familiya Chokka” klublari o‘rtasidagi uchrashuvning 23 daqiqasida yuz berdi. Ikkala jamoaning futbolchilari ham bo‘ron tufayli maydonni tark etdi, darvozabon yonida bo‘lganida himoyachini chaqmoq urgan va Peru himoyachisi Xose Ugo De La Kruz Meza chaqmoq urishi oqibatida vafot etgan.
Xabar qilinishicha, futbolchilar zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan, biroq Xose Ugo De La Kruz Meza jiddiy jarohat olgani sababli vafot etgan. Himoyachining yonida bo‘lgan darvozabon jiddiy kuygan, ammo tirik qolgan.
Eslatib o‘tamiz, 10 fevral kuni Indoneziyaning “Persikas Subang” futbol klubi a’zosi o‘yin vaqtida chaqmoq urushidan vafot etgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi