Peruda bir hafta ichida uchinchi Prezident saylandi

Olam

image

Kecha, 17 noyabr kuni Peru Kongressi deputat Fransisko Sagastini mamlakatning vaqtinchalik Prezidenti etib sayladi. Avvalgi ikki Prezident bir hafta ichida iste’foga chiqqanidan keyin, mamlakatdagi o‘tkir siyosiy inqirozni bostirish uchun shunday qilindi.

Morado partiyasining 76 yoshli vakili Sagasti Kongressni boshqarish uchun yetarlicha deputatlar ovozini olgan. Konstitutsiyaga ko‘ra, u 2021 yil aprelda o‘tkaziladigan umummilliy saylovlar oldidan Prezident lavozimini egallaydi. 

Sagasti Peruning bir hafta ichidagi uchinchi Prezidenti. 15 noyabr kuni  vaqtinchalik yetakchi Manuel Merino qasamyodidan 5 kun o‘tib, iste’foga chiqqandi. Undan oldin esa Martin Viskarra bu lavozimdan ketkazilgandi. Sagasi o‘tgan haftada iste’foga chiqqan Viskarra bilan bir partiyadan. 57 yoshli Viskarra islohotlari sababli ko‘plab peruliklarning qo‘llab-quvvatlashiga erishgan.

Sagasti Jahon bankining sobiq xodimi, uning mutaxassisligi muhandis. Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Peruda barqarorlikka erishish oson bo‘lmaydi. Bu mamlakat koronavirusdan jiddiy zarar ko‘rdi va yuz yillikdagi eng yomon iqtisodiy inqirozga yaqinlashyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Peru

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing