Peruda 83 yoshli prezident saylandi

Olam

image

Peru qonun chiqaruvchilari 83 yoshli parlament raisi Xose Mariya Balkasarni mamlakatning vaqtincha prezidenti etib sayladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, so‘l partiya vakili bo‘lgan Balkasar 2021 yilda boshlangan prezidentlik muddatining qolgan besh oyi davomida Peruni boshqaradi. U 2021 yildan buyon to‘rtinchi, 2016 yildan beri esa to‘qqizinchi prezidentga aylandi. Sobiq to‘rt nafar davlat rahbari hozirda qamoqda. Xose Mariya Balkasar o‘ng partiya vakillaridan keyin lavozimga kelgan birinchi so‘lchi prezident bo‘ladi.

Balkasar ilgari bolalar nikohini taqiqlashga qarshi chiqqan, 14 yoshdan nikohga ruxsat berishni taklif qilgan va o‘qituvchilar ko‘pincha o‘quvchi qizlar bilan intim munosabatlarga kirishishini aytgan. Keyinchalik u so‘zlari kontekstdan uzib olinganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 17 fevral kuni Peru Kongressi prezident Xose Xeriga nisbatan ishonchsizlik votumini e’lon qilgandi. Bunga 2025 yil dekabrida davlat rahbarining rasmiy jadvalga kiritilmagan holda xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuvlari sabab bo‘lgan. Mamlakat prokuraturasi ushbu holat yuzasidan tergov olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Peru Xose Mariya Bal'kasar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing