Peru sobiq prezidenti 15 yilga qamaldi

Olam

image

Peru sudi sobiq prezident Olyanta Umalani 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U pul yuvishda aybdor deb topildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sobiq prezident Braziliyaning Odbercht  qurilish kompaniyasidan 2011 yilgi saylovlarda pul olganlikda ayblangan. Uning rafiqasi Nadin Eredia ham xuddi shunday muddat olgan.

Hukm e’lon qilingandan so‘ng, Eredia Braziliyaning Limadagi elchixonasiga diplomatik boshpana so‘rab murojaat qilgan – unga va kenja o‘g‘liga Braziliyaga kelish uchun ruxsat berilgan. Peru oilaning xavfsiz chiqib ketishini ta’minlashga va’da bergan. Advokatlarning ta’kidlashicha, Eredia saraton kasalligiga chalingan va avvalroq unga Braziliyaga davolanish uchun borishga ruxsat berilmagan.

2011 yildan 2016 yilgacha sobiq harbiy va mamlakat prezidenti bo‘lgan Umalaning o‘zi endi mamlakatning boshqa sobiq rahbarlari saqlanayotgan Barbado qamoqxonasida jazo o‘tashi kutilmoqda. Pedro Kastilo va Alexandro Toledo allaqachon  shu qamoqxonadan joy olgan. 2023 yilda ozod etilgunga qadar u yerda sobiq prezidentlardan biri Alberto Fuximori ham bo‘lgan.

Umalaning ishi bo‘yicha sud jarayoni uch yil davom etgan. Prokuraturaning ta’kidlashicha, mablag‘lar saylovda Keyko Fuximoriga qarshi turish uchun Umali millatchilik partiyasi orqali olingan.

“Himoyachilarning e’tirozlariga qaramay, hukm darhol kuchga kiradi – hatto apellyatsiya berilgan taqdirda ham. Sudning yakuniy qaror 29 aprel kuni qabul qilinishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Umalaning advokati Vilfredo Pedrasa hukmni haddan tashqari oshib ketish deb atagan. U shikoyat arizasi berishga va’da bergan.

Bu ish deyarli butun Lotin Amerikasini qamrab olgan “Lava Jato” korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli operatsiyaning davomi bo‘ldi. Ilgari mintaqadagi eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lgan Odbercht o‘nlab yillar davomida shartnomalar evaziga amaldorlarga pora berganini tan olgan. 2020 yilda u o‘z nomini o‘zgartirgan.

Ma’lumot uchun, Umala bu ishda ishtirok etgan to‘rtinchi va haqiqiy muddatga saylangan ikkinchi Peru prezidenti bo‘ldi. 2019 yilda sobiq prezident Alan Garsiya hibsga olish orderi bilan kelishganida o‘z joniga qasd qilgan. 2018 yilda Pedro Pablo Kuchinski shunga o‘xshash ayblovlar tufayli iste’foga chiqqan. Odbercht sobiq top-menejerlarining ta’kidlashicha, kompaniya so‘nggi 30 yil ichida Perudagi deyarli barcha prezidentlik kampaniyalarini moliyalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning 2011-2017 yillardagi sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Peru Ol'yanta Umala Odbercht

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing