Peres “Yuventus”ga o‘tishimni bekor qilmoqchi bo‘lgan – Ronaldu

Sport

image
Futbolning katta qiroli 40 yoshni qarshiladi north_east

Futbolning katta qiroli 40 yoshni qarshiladi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real” prezidenti Florentino Peres qanday qilib Turinning “Yuventus” klubiga o‘tishni bekor qilmoqchi bo‘lganini aytdi.

“Biz “Yuventus” bilan muzokaralarning so‘nggi bosqichida edik va Peres men bilan unchalik yaxshi munosabatda bo‘lmadi, buni tushunaman, chunki u doim shunday qiladi. Men “Real”da qololmasdim, chunki men “Yuventus”ga so‘z bergan edim va prezident fikrimdan qaytarmoqchi bo‘ldi. Men Florentinoni juda hurmat qilaman, u jiddiy inson, umuman olganda u menga yaxshi munosabatda bo‘ldi, biz birga ko‘p yutuqlarga erishganmiz”, deydi Ronaldu.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha “Real”da o‘ynagan, shundan so‘ng “Yuventus”ga o‘tgan edi. Uning “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Qayd etish joiz, bugun, 5 fevral kuni Krishtianu Ronaldu 40 yoshni qarshi oldi. Bugungacha futbolchi “Real”dan tashqari “Sporting” va “Manchester Yunayted”dagi yorqin faoliyati bilan tanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Ronaldu Florentino Peres Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing