Pepsi butun O‘zbekiston bo‘ylab bolajonlarga Yangi yil mo‘’jizasini sovg‘a qiladi

Biznes

1280 960 (2)

Odamlar ulg‘aygan sari Yangi yil mo‘’jizasiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. Aynan shuning uchun “International Beverages Tashkent” QK MCHJ, PepsiCo’ning O‘zbekistondagi rasmiy bottleri bilan hamkorlikda bolajonlarga Yangi yil mo‘’jizasini ulashishga qaror qildilar!

Yangi yil uslubida bezatilgan Pepsi mashinalarining karvonlari mamlakatimizning turli burchaklarida harakatlanadi, karvonni esa haqiqiy Qor Bobo kuzatib borib, har bir bolajonga aytilgan she’r uchun sovg‘a va bayram kayfiyatini ulashadi. 

Bu hali hammasi emas! Qor Bobo Yangi yil sovg‘alarini tarqatish va bayram kayfiyatini barpo etish uchun bolalar uylariga va kam ta’minlangan oilalarga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Sovg‘ali karvonlar 2020 yilning 25 dekabridan 30 dekabrigacha bo‘lgan davr ichida quyidagi shaharlarga tashrif buyuradi: Termiz, Qarshi, Nukus, Urganch, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Guliston, Chirchiq.

Pepsi bilan birgalikda bolajonlarga Yangi yil mo‘’jizasini taqdim qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Pepsi

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing