Dream Park'da Pepsi bilan futbol oyligi bo‘lib o‘tdi

Biznes

image

10 iyun kuni Dream Park (G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i) ajoyib futbol bayramiga mezbonlik qildi va unda har bir muxlis sport o‘yinlarida bellashish, katta ekranda futbol tomosha qilish, shuningdek, raqsdagi bor mahoratini ko‘rsatib, sevimli ijrochisi bilan birga qo‘shiq kuylash imkoniga ega bo‘ldi.

Asosiy sahnada professional raqqoslar va tomoshabinlar o‘rtasida qizg‘in battllar bo‘lib o‘tdi.

Fristaylerlarni kuzatish va to‘p bilan tryuklarni takrorlashga urinish hammasidan ham zavqlisi edi, barcha muxlislar mukofot sifatida Pepsi'dan esdalik sovg‘alar olishdi.

Kechaning maxsus mehmoni – reper Konsta juda ham iliq kutib olindi va u bilan birga mashhur xitlari ijro etildi. Shuningdek, muxlislarga san’atkorning dastxati tushirilgan to‘p sovg‘a qilindi.

Katta ekranda namoyish etilgan UEFA Chempionlar Ligasi final uchrashuvining jonli translyatsiyasi kechaning asosiy voqeligi bo‘ldi.

Bundan tashqari, istirohat bog‘i mehmonlari uchun ochiq osmon ostidagi fan-zona tashkil qilingan edi, u yerda Pepsi va Lays bilan birga har kim o‘zining sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘ldi.

Oldinda juda ko‘p qiziqarli tadbirlar bor!

Yangiliklarni Instagram'dagi @pepsi_uzbekistan sahifasida kuzatib boring.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Pepsi Dream Park

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing