Pepsi Music Fest 2023 – yilning eng shov-shuvli musiqiy voqeligini o‘tkazib yubormang!

Biznes

image

Poytaxtdagi eng yirik open-air'da ishtirok etish va musiqiy drayv markazida bo‘lishga tayyormisiz?

Unda ushbu festival aynan siz uchun!

8, 9 va 10 sentyabr kunlari poytaxtimizning qoq yuragida bu yil ikkinchi bor muhtasham Pepsi Music Fest tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Festivaldagi ko‘tarinki kayfiyat uchun taniqli boshlovchilar – KVN Oliy ligasi chempioni, “Aziya MIX” jamoasi yetakchisi – Eldiyar Kenensarov va bloger Timur Alixonov mas’ul bo‘ladi.

Festivalda musiqiy drayvdan to‘liq bahramand bo‘lish, O‘zbekistonning eng zo‘r didjeylari – DJ King Macarella, DJ Sam, DJ Frost, DJ Gera, DJ Mali'ning olovdek jo‘shqin to‘plamlarini miriqib tinglash, shuningdek, Instagram uchun Pepsi'ning ajoyib installyatsiyalari fonida suratga tushish mumkin.

Siz uchun yosh rep-ijrochilar – Konsta, Millymallymoe va Sergey Zlotnikovning raqs jamoasi – Double Touch chiqish qiladi.

Festival xedlaynerlari:

  • 8 sentyabr: mashhur didjey, bastakor va prodyuser, "Volna", "SO2", "Pozvoni mne" kabi ko‘plab mashhur treklar muallifi – DJ Smash.
  • 9 sentyabr: MAXSUS MEHMON – ijrochi, sozanda va qo‘shiqlar muallifi, ko‘plab musiqiy mukofotlar sovrindori.
  • 10 sentyabr: Anna Asti – mashhur qo‘shiqchi, uzoq vaqtdan beri MDH mamlakatlarining top-chartlarida yetakchi xitlar sifatida e’tirof etilayotgan "Po baram", "Feniks", "Xobbi" nomli shov-shuvli qo‘shiqlar ijrochisi.

Pepsi sizga xedlaynerlardan birining ismini topish va qimmatbaho sovrin yutib olishni taklif qiladi.
Ushbu havola orqali tanlov shartlari bilan tanishish mumkin: 

Maxsus mehmonni topib олинг

Festival sanasi: 8, 9, 10 sentyabr.

Tadbir o‘tkaziladigan joy: Toshkent shahri, Hyatt Regency mehmonxonasi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning orqa tarafidagi maydon. 

Tadbir soat 19:00 da boshlanadi.

Fest hududida fast-fud, sneklar va yaxna ichimliklar zonasi tashkil etiladi.

Kirish bepul.

Yangiliklarni Instagram'dagi Pepsi Uzbekistan sahifasida kuzatib borish mumkin.

Pepsi Music Fest 2022 qanday o‘tganini havola orqali ko‘ring

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Pepsi Pepsi Music Fest

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing