Pepe YeCHL rekordini o‘rnatdi

Sport

image

Portugaliyaning “Portu” klubi markaziy himoyachisi Pepe Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) yosh rekordini yangilashda davom etmoqda.

13 martga o‘tar kechasi u Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalining “Arsenal”ga qarshi javob uchrashuvida ishtirok etdi. Shunday qilib, Pepe 41 yoshida YeCHLda maydonga tushdi va mazkur musobaqada o‘ynagan eng yoshi keksa futbolchiga aylandi.

Qizig‘i shundaki, “Portu”ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan “Arsenal” klubiga bugungi kunda ustozlik qilayotgan ispaniyalik mutaxassis Mikel Arteta ham 41 yoshda.

Ma’lumot uchun, YeCHL 1/8 finali doirasidagi “Arsenal”-“Portu” bahsida 1:1 hisobidagi durang qayd etildi, penaltilar seriyasida esa londonliklarga omad kulib boqdi va “kanonirlar” turnirning 1/4 finaliga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Portu Pepe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing