Pep yettinchi marta APLda tengsiz deb topildi

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLda aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb e’lon qilindi.

E’tiborlisi, murabbiy ushbu sovrinni yettinchi marta qo‘lga kiritmoqda. Murabbiy o‘z shogirdlari bilan aprel oyida o‘tkazilgan barcha beshala o‘yinda ham g‘alaba qozona oldi.

“Shaharliklar” ushbu bahslarda “Kardiff Siti” (2:0), “Kristal Pelas” (3:1), “Tottenxem” (1:0), “Manchester Yunayted” (2:0) va “Bernli” (1:0) klublarini mag‘lub etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda “Manchester Siti” 95 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Undan keyingi pog‘onani “Liverpul” 94 ochko bilan egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Siti Xosep Gvardiola

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing