Pentagonga to‘laqonli rahbar tayinlandi
Olam
−
24 iyul 2019
3007Kecha, 23 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasman yangi mudofaa vaziri tayinlandi. Mark Esper uning nomzodini shu lavozim uchun ilgari surgan Prezident Donald Tramp ishtirokida qasamyod qildi.
Shu tariqa AQSH Mudofaa vazirligiga olti oy deganda “vazifasini bajaruvchi” qo‘shimchasiz to‘laqonli rahbar tayinlandi.
Donald Tramp ma’muriyatida 2017 yil yanvaridan beri to‘laqonli mudofaa vaziri bo‘lib ishlagan Jeyms Mettis 2018 yilning 31 dekabrida iste’foga chiqdi.
Joriy yilning iyun oyi oxirida Mark Esper AQSH mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Ungacha Pentagonga Patrik Shenaxan rahbarlik qildi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15