Pentagonda Ukrainaga yordam uchun qancha mablag‘ qoldi?
Olam
−
13 noyabr
3900Pentagon Rossiya Federatsiyasiga qarshi mudofaa urushini olib borayotgan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan jami 9,3 milliard dollar qolganini ma’lum qildi. Bu haqda kecha, 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida AQSH Mudofaa vazirligi matbuot kotibi, AQSH harbiy-havo kuchlari general-mayori Patrik Rayder ma’lum qildi.
Pentagon matbuot kotibining aytishicha, saylangan prezident Donald Trampning jamoasi mamlakatni egallab olishidan oldin AQSH Ukrainaga yordam berish uchun barcha mavjud vositalarni ishga soladi.
Rayderning so‘zlariga ko‘ra, AQSH apreldan oktyabr oyi o‘rtalariga qadar Ukrainaga va’da qilingan o‘q-dorilarning 83 foizini, havo hujumidan mudofaa vositalarining 67 foizini va boshqa qurollarning 60 foizini yetkazib bergan.
1 noyabr kuni Pentagon Kiyevga harbiy yordamning navbatdagi transhi ajratilishini e’lon qildi. Bu 2021 yil avgust oyidan beri AQSH Mudofaa vazirligi arsenallaridan Ukrainaga berilayotgan harbiy yordamning 69-trashidir. Uning hajmi 425 million dollarga baholanmoqda.
“Bu Ukrainaga juda zarur bo‘lgan qurollarga kirish imkonini beradi. Xususan, gap havo hujumiga qarshi mudofaa raketalari, artilleriya va ballistik raketalar uchun o‘q-dorilar, zirhli transport vositalari va tankga qarshi qurollar haqida bormoqda”, deyiladi Pentagon bayonotida.
Bu yangi xaridlar haqida emas, balki Qo‘shma Shtatlardagi arsenallarda saqlanadigan qurollarni topshirish haqida edi.
LiveBarchasi