Pentagon ukrainaliklarni qachon F-16’ni boshqarishga o‘rgatishini ochiqladi

Olam

image

AQSH oktyabr oyida ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘rgatmoqchi. Bu haqda kecha, 24 avgust kuni Pentagon matbuot kotibi general Patrik Rayder ma’lum qildi.

Uning aytishicha, uchuvchilar dastlab Texasda ingliz tilini o‘rganadi, keyin esa Arizonada bir necha oylik parvoz mashg‘ulotlarini boshlaydi.

AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan esa Vashington ukrainalik uchuvchilar o‘qitilganidan so‘ng, Kiyevga uchinchi davlatlar tomonidan F-16 samolyotlari topshirilishini aytgan.

O‘z navbatida, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi agar yevropalik ittifoqchilar bu sohada o‘z imkoniyatlarini tugatsa, AQSH ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘rgatish uchun o‘z hududini berishga tayyorligini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Portugaliya o‘z hududida ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi. Bunday taklif Gretsiya tomonidan ham berilgandi. 20 avgustda esa u Amsterdam bilan Kiyevga 42 ta F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Daniya ham Ukrainaga 19 ta F-16 qiruvchi samolyotini topshirishga tayyorligini bildirdi. Birinchi oltita samolyot shu yilning oxirigacha yetib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina F-16

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made