Pentagon rahbari Isroilga kelib, namoyishlar ustidan chiqdi

Olam

image

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bugun, 9 mart kuni Yaqin Sharqqa safari doirasida Isroilga keldi. Bu haqda Isroil mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ostinni aeroportda isroillik mavqedoshi Yoav Galant kutib olgan. Uning tashrifi Isroildagi ommaviy norozilik namoyishlari paytida amalga oshirilgan. AQSH vaziri kelishidan biroz avval namoyishchilar mamlakatning asosiy havo bandargohi bo‘lmish “Ben Gurion” aeroportiga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan. Ular Binyamin Netanyaxuning vazirlar mahkamasi siyosatiga, shuningdek, sud-huquq tizimini isloh qilish rejalariga qarshi norozilik bildirgan. 

Namoyish tashkilotchilari Isroil Oliy sudi ijroiya hokimiyatiga bo‘ysundirilib, korrupsiyani qo‘llab-quvvatlanishidan xavotir bildirgan hamda islohotlarga qarshi “Qarshilik kuni” deb nom olgan tadbirda butun mamlakat bo‘ylab tartibsizliklarni kuchaytirishga chaqirgan. Bosh vazir Netanyaxu esa sud tizimini jilovlash hukumat tarmoqlari o‘rtasidagi muvozanatni tiklashini ta’kidlagan.

Ostin esa Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant va Bosh vazir Netanyaxu bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralar amerikalik vazirning samolyoti qo‘ngan “Ben Gurion” aeroporti yaqinida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh namoyish Pentagon Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing