Pentagon rahbari birinchi marta Rossiyaning yangi Mudofaa vaziri bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Olam

image

Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov va Pentagon rahbari Lloyd Ostin o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“2024 yil 25 iyun kuni Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov va AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin o‘rtasida AQSH tashabbusi bilan telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Vazirlar Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan fikr almashishdi”, deyiladi xabarda.

Suhbat davomida Andrey Belousov AQSHning Ukraina Qurolli kuchlarini qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etishi sababli vaziyat yanada kuchayishi va mojaroning uzoqqa cho‘zilish xavfi borligini ta’kidlagan.

Bu Belousov va Ostin o‘rtasidagi birinchi suhbat edi. Telefon qo‘ng‘irog‘i Ukrainaning Sevastopol shahridagi fuqarolik infratuzilmasiga ATACAMS raketalari bilan hujum qilinganidan keyin amalga oshirilgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Sevastopolga hujumda AQSH va Ukrainaning ishtiroki shubhasiz ekanini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Qurolli kuchlari 23 iyun kuni Qrimdagi Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Sevastopol shahriga raketa zarbasi bergandi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari Sevastopolga “AQSH tomonidan yetkazib berilgan, kassetali kallaklar bilan jihozlangan beshta ATACAMS operativ-taktik raketalari” bilan hujum qilganini tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pentagon Lloyd Ostin Andrey Belousov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing