Pentagon Erondan Isroildagi mojaroga “burun suqmaslik”ni so‘radi

Olam

image

AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Charlz Braun Eronni Isroildagi mojaroga aralashishi oqibatlaridan ogohlantirdi. Uning so‘zlarini “Reuters” keltirmoqda.

Biz Eronga juda aniq messej yubormoqchimiz. Isroildagi mojaroning yanada kengayishini istamaymiz. Maqsadimiz Tehron bizning bayonotlarimizga quloq solishidir”, degan Braun jurnalistlarga.

Avvalroq “Reuters” agentligi Pentagonga tayanib, Charlz Braun va Isroil Bosh shtabi boshlig‘i Gersi Halevi o‘rtasidagi telefon suhbati haqida xabar bergan edi.

Ular HAMAS jangchilarining Isroilga yaqinda uyushtirgan hujumlari va AQSHning Yaqin Sharq mintaqasida harbiy pozitsiyasini mustahkamlash choralarini muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.  

Bu orada Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘azo sektori atrofidagi keskinlik fonida “Eronni jilovlash uchun” Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 20-25 ta F-35 va F-15 qiruvchi samolyotlarini yuborishi ma’lum bo‘ldi. Germaniya esa Falastin hududlaridagi gumanitar loyihalar uchun avval tasdiqlangan mablag‘larni ajratishni to‘xtatdi.

Shuningdek, HAMAS asirga olingan isroilliklardan AQSH va Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda foydalanishni rejalashtirmoqda. 

Hozirda G‘azo sektorida 187 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tashlab ketdi. Ikki tomondan qurbonlar soni 1600 dan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil AQSh Qurolli kuchlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing