Pentagon embargoga qaramay, Rossiyadan neft mahsulotlarini olgani aniqlandi
Olam
−
15 noyabr 2023
6581Embargoga qaramay, AQSH Mudofaa vazirligi Rossiya xomashyosidan foydalanadigan neft mahsulotlarini sotib olishda davom etmoqda. Bu haqda “The Washington Post” nashri ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, nashr tergov o‘tkazib, AQSH armiyasiga neftni yetkazib beruvchi kompaniya Gretsiyadagi “Motor Oil Hellas” zavodi ekanini fosh qilgan. Zavod Rossiya mazutini BAAdan treyder va Turkiya terminali joylashgan ko‘p qismli zanjir orqali olishi aniqlangan.
“Rossiya nefti rebrending qilinib, AQSH harbiylariga va neft mahsulotlarini taqiqlagan boshqa mamlakatlarga (Rossiyadan) xizmat ko‘rsatadigan Gretsiya neftni qayta ishlash zavodiga sotilmoqda”, deyiladi maqolada.
Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainadagi urushi boshlanganidan keyin Rossiya neft va neft mahsulotlarini sotib olishdan bosh tortgandi.
AQSH embargo joriy qilganidan beri, Pentagon “Motor Oil Hellas” bilan 1 milliard dollardan ortiq yangi shartnomalar imzolagan. Pentagon tomonidan sotib olingan neft mahsulotlari tarkibidagi Rossiya xomashyosining aniq tarkibini aniqlashning esa iloji yo‘q.
Embargo shartlariga ko‘ra, Rossiya neftidan foydalanish, agar u Rossiyani tark etib, chuqur qayta ishlashdan o‘tib, boshqa yoqilg‘iga aylangan bo‘lsa, mumkin edi.
“Bunda yangi mahsulot qayta ishlash amalga oshirilgan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb belgilanadi”, deydi mutaxassislar.
AQSH Mudofaa vazirligi nashrga bildirishicha, sanksiyalarga rioya qilish uchun javobgarlik yetkazib beruvchilarning o‘ziga yuklanadi.
LiveBarchasi