Pentagon 11 sentyabr terakti tashkilotchilari bilan kelishuvni bekor qildi

Olam

image

AQSH Mudofaa vazirligi mamlakatda 2001 yilning 11 sentyabr kuni sodir bo‘lgan terakt tashkilotchisi deb hisoblangan Xolid Shayx Muhammad, Valid Muhammad Solih Muborak Bin Attash va Mustafo Ahmad Adam al-Havsaviyning tergovchilar bilan tuzgan sudgacha kelishuvlarini bekor qildi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati xabar berdi.

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin tegishli buyruqni kecha, 2 avgust kuni chiqargan.

“Savdolashish to‘g‘risidagi qarorning muhimligini hisobga olib, bu qaror uchun javobgarlik menda bo‘lishi kerak”, deb tushuntirdi Lloyd Ostin.

Bir necha kun oldin Pentagon Xolid Shayx Muhammad va yana ikki ayblanuvchi o‘z aybini tan olish niyatida ekanini e’lon qilgan edi. Bu ularga o‘lim jazosidan qochish imkonini beradi. Sudgacha bo‘lgan kelishuvlar tafsilotlari oshkor etilmagan.

Tergovchilarga ko‘ra, Xolid Shayx Muhammad hujumlarni rejalashtirgan, shuningdek, aloqa va hujumni moliyalashtirishni muvofiqlashtirgan. U 2003 yilda Pokistonda hibsga olingan. Hibsga olinganidan keyin Shayx Muhammad Markaziy razvedka boshqarmasining bir qator maxfiy qamoqxonalarida saqlandi. AQSH Senati hisobotiga ko‘ra, zobitlar so‘roq paytida mahbusni qiynoqqa solgan. 2006 yilda Shayx Muhammad Kubaning Guantanamo ko‘rfazidagi AQSH harbiy-dengiz bazasi qamoqxonasiga ko‘chirildi va u hamda boshqa ayblanuvchilar hozirgacha shu yerda qolmoqda.

Ma’lumot uchun, 11 sentyabr hujumlari 1941 yilda Gavayi orolidagi Pyorl-Xarbor harbiy-dengiz bazasiga Yaponiya hujumidan keyin AQSH hududidagi eng qonli hujum bo‘lib, unda 2400 kishi halok bo‘ldi. Shu kuni xudkush-hujumchilar AQSH yo‘lovchi samolyotlarini tortib olib, ularni Nyu-Yorkdagi ikkita osmono‘par binoga borib portlatdi. Mamlakatning sharqida uchayotgan to‘rtta samolyot bir vaqtning o‘zida kichik qaroqchi guruhlar tomonidan qo‘lga olindi. Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining egizak minorasi ham katta talafot ko‘radi.

To‘rtta samolyot bortidagi 246 yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining barchasi, egizak minorada 2606 kishi hamda Pentagonda 125 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda 11 sentyabr voqeasida ayblanganlar aybini tan olgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Pentagon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing