Pensiyani hisoblash tartibi o‘zgaradi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 barobarigacha oshirish nazarda tutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasida belgilanmoqda.

Ta’kidlanishicha, mazkur qonun loyihasi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 223-bandiga asosan ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasi bilan pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirish nazarda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, taklif etilayotgan ushbu tartib pensionerlarning daromadi va farovonligini oshirish, pensiyalar miqdori bilan ish haqi o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish, pensiya oluvchi fuqarolarning moddiy farovonligini yanada oshirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Loyiha qo‘mita yig‘ilishida dastlabki tarzda ma’qullangan.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya

Baholaganlar

1269

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing