Pensiya jamg‘armasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 iyundagi №387 son qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi rahbari o‘zgardi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, Abdulaziz Abdulaxadovich Haydarov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlandi. 

Bugungacha Abdulaziz Haydarov Moliya vazirligining Sud tizimi, prokuratura va davlat organlarini moliyaviy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimi joriy yilning 30 mart kuni Bahrom Ashrafxonov vazifasidan ozod qilingandan so‘ng bo‘sh qolgandi. Ashrafxonov aprel oyi o‘rtalarida O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pensiya jamg'armasi

Baholaganlar

269

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing