Pensiya va nafaqalarni bank kartalariga majburan o‘tkazilayotganiga oid xabarlarga munosabat bildirildi
Jamiyat
−
16 iyun 2023
11863Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda pensiya va nafaqalarni fuqarolarning bank kartalariga majburan o‘tkazilayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi rasmiy munosabat bildirdi.
Keltirilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi qaroriga muvofiq barcha turdagi pensiya va nafaqa to‘lovlari naqd shaklda beriladi yoki fuqarolarning roziligi asosida bank kartasiga o‘tkazilishi belgilangan.
Shu bilan birga, Prezidentning 2021 yil 3 fevraldagi farmoniga muvofiq pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga murojaat qilmagan holda tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtirish joriy etilgan.
“Yuqoridagilardan kelib chiqib, Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarni bank kartalariga majburan o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarlar asossiz bo‘lib, barcha harakatlar fuqarolarning xohish istaklari va roziligi asosida amalga oshirilib kelinmoqda”, deyiladi Pensiya jamg‘armasi xabarida.
LiveBarchasi