Pensiya jamg‘armasi pensionerlar uchun muhim yangilikni e’lon qildi

Jamiyat

image

Oktyabr oyi uchun beriladigan pensiya va nafaqa to‘lovlari naqd pul shaklida 4 oktyabrdan yetkazib beriladi. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” hamda 2 va 3 oktyabr - shanba va yakshanba kunlari dam olish kuni hisoblanadi.

Shu sababdan oktyabr oyi uchun beriladigan pensiya va nafaqa to‘lovlari naqd pul shaklida 4 oktyabr sanasidan boshlab amalga oshiriladi hamda belgilangan muddatlargacha to‘lanishi ta’minlanadi

Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi fuqarolarga mablag‘lar 4-5 oktyabr kunlari ularning bank plastik kartalariga yuklanishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya

Baholaganlar

1371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing